Xalqaro hamkorlik
884 times viewed
MALAYZIYA | XALQARO HAMKORLIK
- Xalqaro hamkorlik sari muhim qadam!
Dunyo universitetlari reytingida 269-o‘rinda turuvchi Malayziyaning UCSI universiteti delegatsiyasi Vatan universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida UCSI universiteti Ta’sischisi Dato Peter T.S. Ng hamda prorektori Dr. Raj Kumar boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi.


Shuningdek, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur hamkorlik Vatan universitetining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish, talaba-yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.


#VatanUniversiteti #UCSIUniversity #InternationalCooperation #GlobalEducation #StudentExchange #AcademicMobilit
Related Articles
Sizni qiziqtirishi mumkin bo'lgan boshqa yangilik va e'lonlar.