Ko'k rang — osmon va suv, tinchlik va baxt ramzi.
Oq rang — tinchlik, poklik va ezgulik.
Yashil rang — tabiat va yangilanish.
Yarim oy va 12 yulduz — tarixiy an'analar va 12 viloyat.
O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda tasdiqlangan.
Gerb markazida quyosh tasviri — baxtu saodat ramzi.
Chap tomonda bug'doy boshoqlari, o'ng tomonda paxta shoxlari.
Pastki qismida ko'k-oq-yashil lenta — Davlat bayrog'i ranglari.
Muallif: Abdulla Oripov · Bastakor: Mutal Burhonov
Madhiya
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
II band
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Universitet nashrlari va xalqaro hamkor jurnallar — muqova, to‘plam va maqolalar bilan tanishing.