Vatan Universiteti
Академическое превосходство

Талантливые студенты

Познакомьтесь с самыми талантливыми и активными студентами нашего университета — победителями олимпиад, обладателями стипендий и участниками научных исследований.

1 студент
Лучшие
Сертифицированные

1 студентов

Raxmatillayeva Shahrizoda O‘tkir Qizi
1

Raxmatillayeva Shahrizoda O‘tkir Qizi

TALABAMIZ ISLOM KARIMOV STIPENDIYASI SOHIBASI O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi 464-son buyrug‘i. Infokommunikatsiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Raxmatillayeva Shahrizoda O‘tkir qizi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti nomidagi “Islom Karimov” stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.  Mazkur nufuzli stipendiya yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega, ilmiy-ijodiy faoliyatda faollik ko‘rsatayotgan hamda jamoat ishlarida namunali ishtirok etayotgan iqtidorli talabalarga beriladi. Raxmatillayeva Shahrizoda O‘tkir qizi o‘qish jarayonida o‘zining bilim va salohiyati, mas’uliyatli yondashuvi hamda innovatsion loyihalardagi faolligi bilan ajralib kelmoqda.  Infokommunikatsiya va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsent Umarov Muhriddin talabamizning ilmiy rahbari hisoblanadi. Ushbu yutuq talabaning kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida muhim turtki bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, boshqa talaba-yoshlar uchun ham munosib namuna bo‘lishi shubhasiz. Talabamizning kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam iroda va yuksak marralar tilaymiz.