Загрузка
E'lonlar 27 мая 2026 1 мин. чтения

QURBON HAYITI MUNOSABATI BILAN REKTOR TABRIGI

Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

1 мин. чтения

QURBON HAYITI MUNOSABATI BILAN REKTOR TABRIGI

- Assalomu alaykum, qadrli professor-o‘qituvchilar, aziz ustozlar hamda talaba-yoshlar!

Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu ulug‘ va fayzli bayram barchamizni mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik hamda ezgu amallar sari chorlaydi. Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning hamjihatligi va farovonligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi.
Muhtaram ustozlar va aziz talabalar! Sizlarning ilm-fan yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz, izlanishlaringiz va yutuqlaringiz universitetimiz ravnaqi hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
Qurbon hayiti xonadonlaringizga fayzu baraka, sihat-salomatlik, baxt-saodat va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin. Har biringizning ezgu niyatlaringiz amalga oshsin, qalblaringizdan mehr va shukronalik tuyg‘usi arimasin.


Yana bir bor barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan tabriklayman!

Hurmat bilan, Vatan universiteti rektori Maxmudov Muxammadismoil Muxitdinovich

Поделиться

Facebook Telegram