Sun’iy Intellekt va Raqamli Iqtisodiyot (SIRI-2026)
University of Management and Future Technologies universiteti Sizni 2026-yil 26- mart kuni o‘tkaziladigan “Sun’iy Intellekt va Raqamli Iqtisodiyot (SIRI-2026)” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etadi.
О мероприятии
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN
University of Management and Future Technologies universiteti Sizni 2026-yil 26- mart kuni o‘tkaziladigan “Sun’iy Intellekt va Raqamli Iqtisodiyot (SIRI-2026)” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etadi.
- Ilmiy-amaliy anjuman, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli
O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni, 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmoni va 2024-yil 14-oktabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-358-son Qarori, shuningdek Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2026-yil uchun ilmiy tadbirlar rejasini bajarish, hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qator buyruq va kо‘rsatmalarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Anjumanda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va magistrlar jonli yoki Zoom platformasi orqali ishtirok etishlari mumkin.
Yurtimizda ilmiy faoliyatning yanada rivoj topishi, tatqiqotchilarni ilm majlisi atrofida birlashtirish orqali dolzarb muammolarga ilmiy va amaliy yechimlarni topish hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida universitetimizda “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Anjumanning ilmiy yo‘nalishlari:
1-Sho‘ba: Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning matematik modellashtirish muammolari va yechimlari.
2-Sho‘ba: Raqamli iqtisodiyot, menejment va moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati.
3-Sho‘ba: Sun’iy intellekt va innovatsion yondashuv asosida kadrlar tayyorlash hamda o‘qitishni tashkil etishning lingvistik va ijtimoiy-gumanitar masalalari.
- O‘tkazish shakli: Gibrid (onlayn va oflayn)
- Asosiy ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz.
Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar o‘z materiallarini to‘plamda nashr etish uchun 2026-yil 10-martgacha yuqorida ko‘rsatilgan mas’ullarga taqdim etishlari lozim.
Фотогалерея
Sun’iy Intellekt va Raqamli Iqtisodiyot (SIRI-2026)